Yo‘naltirish qoidalari
Har bir vazifa qaysi modelda va qayerda ishlanishini kompaniya belgilaydi.
Qanday ishlaydiCRM yoki ilovangiz UzRouter’ga bitta API orqali ulanadi. So‘rov qayerga borishi, nima niqoblanishi va qachon to‘xtashi — hammasi loyiha qoidasida, CRM kodida emas. Chap menyudan bo‘limlarni almashtirib ko‘ring.
MVP · pilot
Murojaatlarni saralash · CRM
Rejim
Faqat mahalliy
Mahalliy model · UzRouter GPU
Global provayder
Yopiq
faqat kompaniya ruxsati bilan
Maxfiy maydonlar
3 ta qoida
niqoblash yoqilgan
Sarf limiti
Belgilangan
chegarani kompaniya qo‘yadi
Vazifa → model → qaror
Rejimni almashtiring: tarjima qoidasi ochiladi yoki yopiladi.
audit qaydi · matnsiz
Murojaat matni va model javobi jurnalda saqlanmaydi.
Modelga yetguncha niqoblanadi yoki bloklanadi
•••• •••• •••• ••••global: bloklashAA •••••••niqoblash+998 •• ••• •• ••niqoblashKartam bloklandi. Karta: •••• •••• •••• ••••, telefon: +998 •• ••• •• ••
Pilotda tekshiriladi
Kalitni administrator beradi va bekor qiladi
•••• •••• •••• · administrator beradi
Faol
•••• •••• •••• · bekor qilingan
Bekor qilingan
—
Bekor qilingan yoki boshqa loyihaga tegishli kalit bilan kelgan so‘rov to‘xtatiladi — pilotda tekshiriladi.
Chegara kompaniya tomonidan belgilanadi
CRM faqat murojaat matni va vazifani yuboradi. Qolgan qarorlarni UzRouter loyiha qoidasi asosida, shu tartibda qabul qiladi.
Murojaat matni va vazifa bitta ulanish orqali keladi.
Kalit faol va shu loyihaga tegishli ekani tekshiriladi.
Rejim va vazifa bo‘yicha model hamda yo‘nalish tanlanadi.
Karta raqami kabi maydonlar niqoblanadi yoki so‘rov bloklanadi.
Model javob beradi — yoki «Faqat mahalliy» rejimda so‘rov to‘xtaydi, xorijga o‘tmaydi.
Metama’lumot qayd etiladi, matn saqlanmaydi. CRM natija yoki to‘xtatish sababini darhol oladi.
Har bir so‘rov bir xil ketma-ketlikdan o‘tadi. Birinchi to‘xtatuvchi tekshiruvda so‘rov to‘xtaydi va keyingi bosqichlarga — jumladan modelga — yetib bormaydi. To‘rt namunani almashtirib ko‘ring.
Kirish«Kartam bloklandi» · saralash · faqat mahalliy
Saralandi«Karta xizmatlari» · mahalliy model · UzRouter GPU
KirishAriza + karta raqami · tarjima · globalga ruxsat
BloklandiGlobal provayderga hech narsa yuborilmadi
Kirish«O‘tkazma kelmadi» · saralash · faqat mahalliy
To‘xtatildiCRM limit haqida aniq xabar oladi · murojaat navbatda qoladi
Kirish«Kartam bloklandi» · saralash · faqat mahalliy
To‘xtatildiXorijiy modelga yuborilmadi · CRM sababni oladi
Namunaviy tartib. Aniq tekshiruvlar ketma-ketligi va qaytadigan sabablar pilot hujjatlarida beriladi. 2-, 5- va 6-bosqichdagi to‘xtash pilotda tekshiriladi.
Har biri loyiha darajasida sozlanadi. CRM tomonida qo‘shimcha kod yozish talab qilinmaydi.
Har bir vazifa qaysi modelda va qayerda ishlanishini kompaniya belgilaydi.
Qanday ishlaydiMaydonlar modelga yetguncha niqoblanadi yoki so‘rov bloklanadi.
Xavfsizlik«Faqat mahalliy» rejimda model javob bermasa, so‘rov xorijiy modelga o‘tmaydi.
Nega mahalliyVaqt, loyiha, tanlangan yo‘nalish va qoida qarori qayd etiladi. Murojaat matni va model javobi saqlanmaydi.
Audit qaydiHar bir loyiha alohida kalit bilan ulanadi. Kalitni administrator beradi va bekor qiladi.
IntegratsiyaLoyiha uchun sarf chegarasini kompaniya belgilaydi. Chegarada yangi so‘rovlar to‘xtaydi.
NazoratlarMahalliy modellar UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida ishlaydi. Shuning uchun ochiq vaznli modelni (masalan Qwen yoki Llama) kompaniya tanlagan ma’lumotda o‘qitish mumkin. Bunday model faqat sizning loyihangizda ishlaydi va boshqa kompaniyalarga berilmaydi.
Har bir integratsiya alohida loyiha. Rejim, modellar, maxfiy maydonlar, limit va kalit shu loyihaga bog‘lanadi — bir loyihadagi o‘zgarish boshqasiga ta’sir qilmaydi.
{
"loyiha": "bank-crm-pilot",
"rejim": "faqat_mahalliy",
"modellar": ["Qwen", "Kimi", "Llama"],
"maxfiy_maydonlar": {
"karta_raqami": "niqoblash",
"pasport": "niqoblash"
},
"sarf_limiti": "kompaniya_belgilaydi",
"jurnal": "matnsiz"
}
Qoidalar, kalitlar va limitlar kompaniya qo‘lida. Operator faqat o‘z ishini ko‘radi, UzRouter jamoasi esa serverlar va modellarni yuritadi. Pilot boshida har bir rol uchun mas’ul shaxs belgilanadi.
| Amal | Administrator | Axborot xavfsizligi | IT integratsiya | Operator | UzRouter jamoasi |
|---|---|---|---|---|---|
| Rejim: mahalliy yoki global | o‘zgartiradi | tasdiqlaydi | — | — | sozlashda yordam |
| Global provayder va vazifa ruxsati | o‘zgartiradi | tasdiqlaydi | — | — | — |
| Maxfiy maydonlar ro‘yxati | o‘zgartiradi | kelishadi | maydon nomlarini beradi | — | — |
| Kalit berish va bekor qilish | o‘zgartiradi | ko‘radi | ishlatadi | — | — |
| Sarf limiti | o‘zgartiradi | — | xabarni qayta ishlaydi | — | — |
| Audit jurnali | ko‘radi | ko‘radi | — | — | — |
| Mijozga javob | — | — | — | tasdiqlab yuboradi | — |
| GPU serverlar va mahalliy modellar | — | — | — | — | yuritadi |
Kalit loyihaga kirish huquqi. U administrator qo‘lida tug‘iladi va o‘sha yerda bekor qilinadi — CRM kodida qoidalar yo‘q, faqat kalit bor.
Administrator
Loyiha va muhit uchun alohida kalit: test va pilot kalitlari bir-biridan farq qiladi.
IT integratsiya
Faqat CRM serverida. Brauzer, mobil ilova kodi yoki ochiq repozitoriyga qo‘yilmaydi.
CRM
Har bir so‘rov kalit bilan keladi. Boshqa loyiha kaliti bilan kelgan so‘rov to‘xtatiladi.
Administrator + IT
Yangi kalit beriladi, CRM unga o‘tkaziladi, shundan keyin eskisi bekor qilinadi — uzilishsiz.
Administrator
Shu kalit bilan kelgan so‘rov to‘xtatiladi, CRM rad etish sababini oladi. Pilotda tekshiriladi.
UzRouter murojaat matnini ham, model javobini ham saqlamaydi. Natija darhol CRM’ga qaytadi. Jurnalga faqat to‘rt maydon yoziladi — kim, qachon va qanday qaror ekanini tekshirish uchun yetarli, mazmunni tiklash uchun esa yo‘q.
| Maydon | Nima yoziladi | Misol |
|---|---|---|
vaqt | So‘rov qayta ishlangan vaqt | 10:42 |
loyiha | So‘rov qaysi loyiha nomidan kelgani | bank-crm-pilot |
yo‘nalish | Mahalliy yoki global yo‘l | mahalliy |
qoida_qarori | Saralandi, to‘xtatildi, bloklandi | saralandi |
Jurnalga yozilmaydi
{
"vaqt": "10:42",
"loyiha": "bank-crm-pilot",
"yo‘nalish": "mahalliy",
"qoida_qarori": "saralandi",
"matn": "saqlanmagan"
}
Pilotda tekshiramiz: qaydlar to‘liqligi va ularda murojaat matni hamda model javobi yo‘qligi. Global rejimda provayder tomonida uning o‘z shartlari amal qiladi — shuning uchun global yo‘l standart holatda yopiq.
UzRouter hozir MVP bosqichida. Quyidagi jadval qaysi imkoniyat bugun ishlashini va qaysi biri pilotda sizning muhitingizda birga tekshirilishini ochiq ko‘rsatadi.
| Imkoniyat | Holat | Izoh |
|---|---|---|
| Bitta API orqali ulanish | Hozir | CRM yoki ilova bitta ulanish orqali so‘rov yuboradi va natija oladi. |
| Mahalliy va global modellar | Hozir | Kimi, gpt-oss, Llama, Qwen, Mistral — UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida. GPT, Claude, Gemini, DeepSeek — faqat ruxsat bilan; u yerda provayderning o‘z shartlari amal qiladi. |
| Audit jurnali | Pilotda tekshiramiz | Qaydlar to‘liqligi va ularda murojaat matni hamda model javobi yo‘qligi. |
| Maxfiy maydonni niqoblash yoki bloklash | Pilotda tekshiramiz | Karta raqami kabi maydonlar modelga ochiq holda yetib bormasligi. |
| Sarf limiti | Pilotda tekshiramiz | Chegarada yangi so‘rovlar to‘xtashi va CRM aniq xabar olishi. |
| Uzilishda xorijga o‘tmaslik | Pilotda tekshiramiz | Mahalliy model javob bermasa, so‘rov xorijiy modelga avtomatik o‘tmasligi. |
Test muhit
Pilot
Boshqa savollar — Savol-javob sahifasida.
Yo‘q. CRM vazifa va matnni yuboradi, model va yo‘nalishni loyiha qoidasi tanlaydi. Qoidani administrator o‘zgartiradi, CRM kodi o‘sha holicha qoladi.
Yo‘q. Murojaat faqat qayta ishlash vaqtida o‘tadi, natija darhol CRM’ga qaytadi. Jurnalda faqat vaqt, loyiha, yo‘nalish va qoida qarori qoladi.
Ha. Har bir integratsiya alohida loyiha: o‘z rejimi, modellari, maxfiy maydonlari, limiti va kaliti bilan. Bir loyihadagi o‘zgarish boshqasiga ta’sir qilmaydi.
UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida. «Faqat mahalliy» rejimda so‘rov va javob mamlakatdan chiqmaydi.
Global yo‘l faqat kompaniya ruxsati bilan ochiladi va u yerda provayderning o‘z shartlari amal qiladi. Shuning uchun global yo‘l standart holatda yopiq, maxfiy maydonli so‘rov unga yuborilmaydi.
Yo‘q. Kompaniya tanlagan ma’lumotda o‘qitilgan model faqat shu kompaniya loyihasida ishlaydi. Kundalik so‘rovlar o‘qitishga ishlatilmaydi va saqlanmaydi.
Pilot bitta jarayondan boshlanadi: o‘zbekcha murojaatlarni saralash. Nazoratlar sizning muhitingizda birga tekshiriladi.