1. Bosh sahifa
  2. Pilot
  3. Xavfsizlik

Ma’lumot qayerga borishi oldindan ma’lum

UzRouter murojaat matni va model javobini saqlamaydi: natija CRM’ingizga qaytadi. Qaysi ma’lumot toifasi qaysi modelga yuborilishini kompaniya belgilaydi. Mahsulot MVP bosqichida — olti nazorat pilot davomida sizning muhitingizda birga tekshiriladi.

Nazoratlar · bank-crm-pilot namuna
RejimFaqat mahalliy
Global provayderYopiq
Matn va javobSaqlanmaydi
  • Loyiha bo‘yicha API kalitikalitni administrator beradi va bekor qiladiPilotda tekshiramiz
  • Provayder va modelga ruxsatfaqat ruxsat ro‘yxatidagi modellarPilotda tekshiramiz
  • Maxfiy maydonni niqoblash yoki bloklashkarta raqami, pasport, telefonPilotda tekshiramiz
  • Mahalliy model ishlamay qolsaso‘rov to‘xtaydi, xorijga o‘tmaydiPilotda tekshiramiz
  • Sarf limitichegarada yangi so‘rovlar to‘xtaydiPilotda tekshiramiz
  • Audit qaydivaqt, loyiha, yo‘nalish, qoida qaroriPilotda tekshiramiz
Namunaviy ko‘rinish. Har bir nazoratning holati pilot yakunida birga ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotingiz sizda qoladi

UzRouter so‘rov va javob matnini saqlamaydi. Murojaat faqat qayta ishlash vaqtida o‘tadi, natija darhol CRM’ingizga qaytadi. Mijoz ma’lumotlari o‘z tizimingizdan boshqa joyda qolmaydi.

  1. CRM

    Murojaat sizning tizimingizdan loyiha kaliti bilan chiqadi.

    ma’lumot shu yerda
  2. UzRouter

    Loyiha qoidasini qo‘llaydi va so‘rovni modelga uzatadi. Matnni saqlamaydi.

    faqat yo‘lda · saqlamaydi
  3. Model

    Standart rejimda model UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida javob beradi.

    mahalliy · UzRouter GPU
  4. Javob CRM’ga qaytadi

    Natija CRM’ingizda qoladi. UzRouter’da faqat audit qaydi yoziladi.

    natija sizda

UzRouter’da saqlanmaydi

  • Murojaat matni
  • Model javobi
  • Mijozning shaxsiy ma’lumotlari
  • Karta, pasport kabi maxfiy maydonlar

Ularning hammasi CRM va ichki tizimlaringizda qoladi.

Audit uchun faqat qayd

{
  "vaqt": "10:42:51",
  "loyiha": "bank-crm-pilot",
  "yo‘nalish": "mahalliy",
  "qoida_qarori": "saralandi",
  "matn": "saqlanmagan"
}
  1. Vaqt — so‘rov o‘tgan payt
  2. Loyiha — qaysi kalit va qoidalar
  3. Yo‘nalish — mahalliy yoki global
  4. Qoida qarori — yuborildi, to‘xtatildi yoki bloklandi
  5. Matn yo‘q — murojaat va javob qaydga yozilmaydi

Namuna, API formati emas. Pilotda tekshiriladi: qaydlar to‘liqligi va ularda murojaat matni hamda model javobi yo‘qligi.

Qaysi ma’lumot qayerda qoladi

Ma’lumot turlari bo‘yicha: sizda, UzRouter’da va global provayderda nima bo‘ladi
Ma’lumot Sizda qoladiCRM va ichki tizimlaringizda UzRouter’dafaqat audit uchun metama’lumot Global provayderdafaqat kompaniya ruxsati bilan
Murojaat matni Ha, CRM’da Saqlanmaydifaqat qayta ishlash vaqtida o‘tadi Standart holatda yopiqruxsat berilsa — faqat ruxsat etilgan toifa
Model javobi Ha, CRM’ga qaytadi Saqlanmaydi Provayderning o‘z shartlarifaqat ruxsat berilgan loyihada
Mijozning shaxsiy ma’lumotlari Ha Saqlanmaydi Loyiha qoidasi belgilaydiqaysi toifa yuborilishi mumkinligini
Karta, pasport kabi maxfiy maydonlar Ha Saqlanmaydiniqoblanadi yoki so‘rov bloklanadi · pilotda tekshiriladi Ochiq holda yuborilmaydipilotda tekshiriladi
O‘qitish ma’lumotiagar kompaniya bersa Kompaniya tanlaydinimani berishni o‘zingiz hal qilasiz O‘zbekistonda qoladiUzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida, faqat sizning modelingiz uchun Yuborilmaydi
Audit qaydi Pilotda birga ko‘rib chiqiladi Vaqt, loyiha, yo‘nalish, qoida qarorimatnsiz Yuborilmaydi

Kundalik so‘rovlar o‘qitishga ishlatilmaydi va saqlanmaydi. Kompaniya modeli haqida: Modellar → o‘z modelingiz.

Olti nazorat — har birining holatlari

Har bir nazorat uchun ikki narsa: kompaniya nimani belgilaydi va pilotda birga nima tekshiriladi. O‘ngdagi tugmalar namunaviy holatlarni almashtiradi — hech qanday so‘rov yuborilmaydi.

  1. Loyiha bo‘yicha API kaliti

    Qoida
    Har bir loyiha alohida kalit bilan ulanadi. Kalitni kompaniya administratori beradi va bekor qiladi.
    Pilotda tekshiriladi
    Bekor qilingan yoki boshqa loyihaga tegishli kalit bilan kelgan so‘rov to‘xtatiladi.
    Kalit tekshiruvi namuna
    CRM → UzRouter bank-crm-pilot · faol
    So‘rov qabul qilindiKalit shu loyihaga tegishli · loyiha qoidasi qo‘llanadi

  2. Provayder va modelga ruxsat

    Qoida
    Loyihada qaysi provayder va model ishlatilishini kompaniya belgilaydi. Global modellar alohida ruxsat bilan yoqiladi.
    Pilotda tekshiriladi
    Ruxsat ro‘yxatida yo‘q provayder yoki modelga so‘rov yuborilmaydi.
    Ruxsat ro‘yxati namuna
    • Qwenmahalliy · ruxsat
    • Kimimahalliy · ruxsat
    • Llamamahalliy · ruxsat
    • GPTro‘yxatda yo‘q
    So‘rov → QwenModel ruxsat ro‘yxatida · O‘zbekistonda ishlanadi

  3. Maxfiy maydonni niqoblash yoki bloklash

    Qoida
    Global provayderga qaysi ma’lumot toifasi yuborilishi loyiha qoidasi bilan belgilanadi. Maxfiy maydon niqoblanadi yoki so‘rov bloklanadi.
    Pilotda tekshiriladi
    Karta raqami kabi maydonlar modelga ochiq holda yetib bormaydi.
    Maxfiy maydon · karta_raqami namuna
    CRM’dan kelgan matn

    Kartam bloklandi. Karta: [karta_raqami]

    Modelga boradi · mahalliy

    Kartam bloklandi. Karta: •••• •••• •••• ••••

    NiqoblandiMaydon modelga yetguncha yashiriladi

  4. Mahalliy model ishlamay qolsa

    Qoida
    «Faqat mahalliy» rejimda model javob bermasa, so‘rov to‘xtatiladi.
    Pilotda tekshiriladi
    So‘rov xorijiy modelga avtomatik o‘tmaydi, CRM esa to‘xtatish sababini oladi.
    So‘rov yo‘li · Faqat mahalliy namuna
    1. So‘rov qabul qilindi«Kartam bloklandi» · 10:43:02
    2. O‘zbekistondagi model javob berdiQwen · mahalliy
    3. Saralandi: Karta xizmatlariOperator yakuniy javobni tasdiqlaydi

    Global provayder: ishlatilmaydi — rejimda yopiq

  5. Sarf limiti

    Qoida
    Loyiha uchun sarf chegarasini kompaniya belgilaydi.
    Pilotda tekshiriladi
    Chegaraga yetganda yangi so‘rovlar to‘xtaydi va CRM aniq xabar oladi.
    Sarf limiti · loyiha namuna
    Joriy davr sarfichegara — kompaniya belgilaydi

    Shkala raqamsiz: chegara qiymati pilot boshida kelishiladi.

    Yangi so‘rovlar qabul qilinadiSarf chegaradan past

  6. Audit qaydi

    Qoida
    Har bir so‘rov uchun vaqt, loyiha, tanlangan yo‘nalish va qoida qarori qayd etiladi.
    Pilotda tekshiriladi
    Qaydlar to‘liqligi va ularda murojaat matni hamda model javobi yo‘qligi.
    Audit jurnali sintetik
    VaqtLoyihaYo‘nalishQaror
    10:43bank-crm-pilotmahalliyto‘xtatildi
    10:43bank-crm-pilotglobalbloklandi
    10:42bank-crm-pilotmahalliyyuborildi
    10:42bank-crm-pilotglobalyuborildi

Pilotda tekshiramiz. UzRouter MVP bosqichida. Yuqoridagi holatlar namunaviy: har bir nazorat ishlashi pilot davomida sizning muhitingizda birga tekshiriladi va natijasi qaror bosqichida ko‘rib chiqiladi.

Agar … bo‘lsa? Oltita vaziyat

Axborot xavfsizligi jamoasi odatda shu savollardan boshlaydi. Har bir vaziyat uchun: UzRouter nima qiladi, kompaniya nima qiladi va pilotda aynan nima tekshiriladi.

Loyiha kaliti begona qo‘lga tushsa

Kalit faqat o‘z loyihasi doirasida ishlaydi: shu loyihaning qoidalari, ruxsat ro‘yxati va sarf limiti bilan cheklangan. UzRouter matnni saqlamagani uchun kalit orqali avvalgi murojaatlarni o‘qib bo‘lmaydi.

UzRouter

  • Bekor qilingan kalit bilan kelgan so‘rovni to‘xtatadi
  • Boshqa loyihaga tegishli kalitni qabul qilmaydi
  • Har bir so‘rovni loyiha bo‘yicha audit qaydiga yozadi

Kompaniya

  • Administrator kalitni bekor qiladi va yangisini beradi
  • Kalitni CRM serverida saqlaydi, mijoz ilovasiga qo‘ymaydi
  • Audit qaydlarida shu loyiha bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqadi

Pilotda tekshiriladi

  • Bekor qilingan kalit bilan so‘rov to‘xtatiladi
  • Boshqa loyiha kaliti bilan so‘rov to‘xtatiladi

Bitta so‘rovning hayot sikli

Yetti qadam, har birida bitta savol: ma’lumot hozir qayerda? Qadamlarni bosib ko‘ring — uchta joyda nima borligi o‘zgaradi. Hammasi bir necha soniya ichida, so‘rov davomida bo‘ladi.

So‘rov yakunida auditga faqat vaqt, loyiha, yo‘nalish va qoida qarori yoziladi. Matn qaydga tushmaydi.

Sizning CRM’ingizma’lumot shu yerda

«Kartam bloklandi» · bo‘lim: Karta xizmatlari

UzRouter va mahalliy modelbo‘sh

Matn yo‘q

Audit jurnalimetama’lumot

10:42 · bank-crm-pilot · mahalliy · saralandi · matn: saqlanmagan

7 / 7

Audit qaydi tekshiruvda nimaga javob beradi

Matnsiz qayd ham ko‘p savolga javob beradi: so‘rov qachon, qaysi loyihadan, qayerga yo‘naltirilgani va qoida nima qaror qilgani.

  1. Savol. «Soat 10:40–10:45 oralig‘ida bank-crm-pilot loyihasidan biror so‘rov xorijga ketganmi?»
  2. Filtr. Loyiha, vaqt oralig‘i va yo‘nalish bo‘yicha qaydlar saralanadi.
  3. Javob. Global yo‘nalishdagi qaydlar va ularning qoida qarori ko‘rinadi: yuborilgan yoki bloklangan.
  4. Mazmun kerak bo‘lsa. Murojaat matni CRM’ingizda — vaqt va loyiha bo‘yicha o‘sha yerdan topiladi.
Audit jurnali · bank-crm-pilot · 10:40–10:45 namuna
VaqtLoyihaYo‘nalishQaror
10:44bank-crm-pilotmahalliysaralandi
10:43bank-crm-pilotglobalbloklandi
10:43bank-crm-pilotmahalliyto‘xtatildi
10:42bank-crm-pilotmahalliysaralandi
10:41bank-crm-pilotglobalyuborildi
10:40bank-crm-pilotmahalliysaralandi

Oltita qayd. Matn ustuni yo‘q — u qaydga yozilmaydi.

Qayd javob beradi

  • So‘rov qachon o‘tgan
  • Qaysi loyihadan, ya’ni qaysi kalit bilan
  • Mahalliy yoki global yo‘nalishga ketganmi
  • Qoida nima qaror qilgan: yuborildi, to‘xtatildi yoki bloklandi

Qayd javob bermaydi

  • Murojaat matni nima edi — u CRM’ingizda
  • Model nima javob bergan — natija CRM’ga qaytgan
  • Mijozning shaxsiy ma’lumotlari — UzRouter’da saqlanmaydi

O‘qitish ma’lumoti — sizning qaroringiz

Mahalliy modellar UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida ishlaydi. Shuning uchun ochiq vaznli modelni kompaniyangiz tanlagan ma’lumotda o‘qitish mumkin. Bu ixtiyoriy.

  • Ma’lumotni kompaniya tanlaydi. Masalan ichki yo‘riqnomalar, mahsulot shartlari, FAQ, bo‘limlar ro‘yxati.
  • O‘zbekistonda qoladi. O‘qitish ham, ishlatish ham UzRouter’ning O‘zbekistondagi GPU serverlarida.
  • Faqat sizniki. Model va o‘qitish ma’lumoti boshqa kompaniyalar bilan bo‘lishilmaydi.
  • Kundalik so‘rovlar ishlatilmaydi. Ular o‘qitishga ishlatilmaydi va saqlanmaydi.
O‘qitish to‘plami · bank-crm-pilot namuna
  • Ichki yo‘riqnomalarkompaniya tanladikiritildi
  • Mahsulot shartlarikompaniya tanladikiritildi
  • FAQkompaniya tanladikiritildi
  • Kundalik mijoz so‘rovlario‘qitishga ishlatilmaydi va saqlanmaydiishlatilmaydi
Qayerda
UzRouter GPU · O‘zbekiston
Kim uchun
faqat bank-crm-pilot
Topshirish tartibi va hajm
pilot boshida kelishiladi
Pilotdan keyin model va ma’lumot
pilot boshida kelishiladi

Kim nimani belgilaydi

Qoidalarni kompaniya belgilaydi. UzRouter ularni qo‘llaydi, pilotda esa ikkala tomon natijani birga tekshiradi.

Kompaniya administratori

Loyiha va uning kirish nuqtalarini boshqaradi.

  • Loyiha kalitini beradi va bekor qiladi
  • Ruxsat etilgan provayder va modellar ro‘yxatini tasdiqlaydi
  • Sarf chegarasini belgilaydi

Axborot xavfsizligi

Ma’lumot qayerga borishi mumkinligini belgilaydi.

  • Maxfiy maydonlar ro‘yxati: niqoblash yoki bloklash
  • Global provayderga yuboriladigan ma’lumot toifalari
  • Audit qaydlarini ko‘rib chiqadi

UzRouter jamoasi

Kelishilgan qoidalarni loyihada sozlaydi.

  • Qoidalarni loyiha sozlamasiga kiritadi
  • Pilotda har bir nazoratni siz bilan birga tekshiradi
  • Natija va audit qaydlarini qaror bosqichiga tayyorlaydi

Kirish va o‘zgartirish huquqlari

Namunaviy taqsimot. Aniq huquqlar va mas’ullar pilot boshida kelishiladi.
Amal Administrator Axborot xavfsizligi Xizmat ko‘rsatish UzRouter jamoasi
Loyiha kalitini berish va bekor qilishbajaradikelishadi——
Rejim va global ruxsatkiritadibelgilaydibiladisozlashda yordam
Maxfiy maydonlar ro‘yxatikiritadibelgilaydi—sozlashda yordam
Vazifa va model qoidasikiritadikelishadivazifani belgilaydibirga tanlaydi
Sarf limitibelgilaydi—xabar oladi—
Audit qaydlarini ko‘rishko‘radiko‘rib chiqadi—pilotda birga
O‘qitish ma’lumotini tanlash—tasdiqlayditanlaydiO‘zbekistonda o‘qitadi
  • belgilaydiqaror egasi
  • kiritaditizimda bajaradi
  • kelishadimaslahatlashadi
  • ko‘radixabardor bo‘ladi

Pilot boshida so‘raladigan hujjatlar

Axborot xavfsizligi jamoasi uchun taklif etilgan ro‘yxat. Qaysi hujjat kerakligi va ularning shakli pilot boshida birga kelishiladi.

  • Ma’lumot oqimi sxemasi

    So‘rov CRM’dan qayerga boradi, qayerda qayta ishlanadi va natija qanday qaytadi.

  • Loyiha qoidalari tavsifi

    Rejim, ruxsat etilgan modellar, maxfiy maydonlar va sarf limiti.

  • Audit qaydi maydonlari

    Qaydda nima bor: vaqt, loyiha, yo‘nalish, qoida qarori. Nima yo‘q: matn va javob.

  • Kalitlar tartibi

    Kalitni kim beradi, kim bekor qiladi va qanday almashtiriladi.

  • Hodisa bo‘lsa aloqa tartibi

    Muammo aniqlansa, kim kimga va qaysi kanal orqali xabar beradi.

  • O‘qitish ma’lumoti tartibi

    Agar model o‘qitilsa: ma’lumot qanday topshiriladi va qaysi doirada ishlatiladi.

  • Pilotdan keyingi tartib

    Kalitlar, audit qaydlari va kompaniya modeli bilan nima qilinishi.

  • Pilot kartasi

    Barcha kelishuvlar bitta hujjatda. Namunani ko‘rish

Axborot xavfsizligi uchun qabul ro‘yxati

Pilotdan oldin kelishiladigan savollar va pilotda tekshiriladigan mezonlar — yetti guruhda. Javoblar pilot kartasiga yoziladi.

Umumiy holat

21 tadan 0 tasi belgilandi

Belgilar faqat shu brauzerda turadi va hech qayerga yuborilmaydi.

Ma’lumot oqimi
Kalitlar va kirish
Maxfiy maydonlar
Uzilish va limit
Audit
Model o‘qitish (ixtiyoriy)
Huquqiy va tashkiliy

Nazoratlarni o‘z muhitingizda tekshiring

Pilot boshida qoidalar, maxfiy maydonlar va audit talablari kelishiladi. Har bir nazorat natijasi qaror bosqichida birga ko‘rib chiqiladi.